
Reshford "Oltin to‘p" uchun kurashda Mbappega raqobat ko‘rsata oladimi?
“Parma” klubi himoyachisi Matteo Darmian “Manchester Yunayted”dagi sobiq jamoadoshi Markus Reshfordning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
“Agar Reshford shu ruhda o‘sishda davom etsa, u “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin. Markus menda “qizil iblislar” orasida eng katta taassurot qoldirgan futbolchi bo‘ldi. U hali yosh va yana o‘sishga erisha oladi. Reshford kelajakda Mbappe darajasiga etishi va “Oltin to‘p” uchun kurashda unga raqobatchi bo‘lishi mumkin”, - deydi Darmian.
Fikrlar