
Reshford Jahon chempionati tarixiga kirdi
JCh-2022 "B" guruhi 1-turida Angliya va Eron jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Baxs 6:2 hisobida inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford o‘yinning 70-daqiqasida Bukayo Saka o‘rniga maydonga tushdi va 49 soniya ichida gol urdi. Bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor uchinchi ko‘rsatkich. Tarixdagi eng tezkor gol esa turkiyalik hujumchi Hoqon Shukurga tegishli. U 2002 yilgi jahon chempionatida 3-o‘rin uchun baxsda o‘yinning 11-sekundida Janubiy Koreya darvozasiga gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Reshford Angliya terma jamoasi uchun birinchi marta yirik turnirda gol urdi. 2018 yilgi Jahon chempionati va Evropa chempionatlarida ham samarali harakatlarni o‘z nomiga yozdirib qo‘ya olmagandi.
Fikrlar