
Remzi terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yuborishi mumkin
Kecha Turinning "Yuventus" klubi Milanning "Inter"i bilan A seriyaning navbatdagi turida to‘qnash kelishdi va og‘ir kechgan o‘yinda "keksa sinora"ning (1:2) qo‘li baland keldi.
O‘yin qaydnomasida zahirada qoldirilgan Aaron Remzi Milandagi o‘yindan so‘ng shifokorga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra uelslik futbolchining mushaklari shikastlangan. Jaroxatning jiddiyligi to‘liq tibbiy ko‘rikdan so‘ng aniq bo‘ladi.
28 yoshli futbolchi "Yuventus" safida bu mavsumda jami 4 o‘yinda maydonga tushgan va bitta gol kiritishni uddalagan.
Eslatib o‘tamiz, Remzi 11 oylik tanaffusdan so‘ng Uels terma jamoasigi chaqiruv olgan edi.
Fikrlar