
"Real"ning yana bir sobiq prezidentida koronavirus aniqlandi
“Real” Madrid klubi sobiq prezidenti Fernando Martin koronavirus alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Marca nashrining yozishicha 72 yoshli amaldor Madrid shahridagi kasalxonalardan biriga joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Martin “Real”ni 2006 yilda Florentino Peresning iste’fosidan so‘ng boshqargan. Uning prezidentlik davri bor yo‘g‘i 2 oy davom etgan. Shundan so‘ng Ramon Kalderon klub prezidenti bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “Real”ning yana bir sobiq prezidenti Lorentso Sans 76 yoshida koronavirus infektsiyasidan vafot etgan edi.
Fikrlar