
“Real”ning yana bir himoyachisi jarohat oldi
“Real Madrid” himoyachisi Lukas Vaskes “Atletiko Madrid”ga qarshi bahsdan so‘ng jarohat olib, safdan chiqdi.
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining so‘nggi turida “qirollik klubi” Madrid derbisida ishtirok etib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mazkur to‘qnashuv davomida ispaniyalik himoyachi 81-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuvdan so‘ng Vaskes chap oyog‘idan jarohat olgani sabab, safdan chiqqani haqida xabar berilmoqda.
Bundan avval “qaymoqranglilar” himoyachilari hisoblangan Ryudiger va Alaba ham o‘zlarini noqulay his qilganliklari bois, bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishgan edi. Shu bilan birga, klubning asosiy futbolchilari Dani Karvaxal va Eder Militao ham jamoaga yordam bera olishmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, “Real Madrid” navbatdagi uchrashuvini Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar