
“Real”ning uch yulduzini bittada olamiz!
Bu mavsum ham Angliya chempionligi uchun kurashda maqsadiga eta olmagan “Arsenal” yozda tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qildi.
“Kanonirlar” avvalgi ikki mavsumda “Manchester Siti”ni oldinga o‘tkazib yuborgan edi. Joriy mavsum “Liverpul” Mikel Arteta jamoasini ortda qoldirib ketdi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Arsenal” rahbariyati “Real”ning uchta mashhur o‘yinchisini nishonga olgan. Ular yozda Rodrigo Goes, Eduardo Kamavinga hamda Arda Gyulerni olishga urinib ko‘radi.
Mikel Arteta Eduardo Kamavinga yordamida maydon markazini kuchaytirishni ko‘zlayapti. Ispaniyalik murabbiyga frantsiyalik futbolchining taktik jihatdan universal futbolchi ekani ma’qul kelgan.
Rodrigo esa, hali yosh bo‘lishiga qaramay, katta o‘yinlarni ko‘rgan va boy tajriba egasi hisoblanadi. 20 yoshli Arda Gyulerga madridliklar etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapti. Turk futbolchisi “Arsenal”da nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi mumkin.
Fikrlar