“Real”ning transferi Husanovning grand klubga o‘tishiga yo‘l ochadi!

  • 2 noyabr, 2024, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada Abduqodir Husanovning kelajagi haqida yangidan yangi ma’lumotlar tarqatilmoqda. Ekspertlar 20 yoshli legionerimizning faoliyati bundan buyon qanday kechishi mumkinligi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Tecno

So‘nggi kunlarda o‘zbek futbolchisi Angliya Premer-ligasining “Arsenal”, “Everton” va “Nyukasl” kabi taniqli klublari e’tiborini tortayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Ayniqsa, “kanonirlar” skautlari birinchilardan bo‘lib Husanovning iqtidorini payqadi.

“Ko‘hna qit’a”ning nufuzli manbalaridan biri – https://www.jeunesfooteux.com sayti eksperti Jastin Favr londonliklarning Abduqodir Husanovga bildirayotgan qiziqishini quyidagi asoslab berdi.

- Abduqodir Husanov PSJ va “Real”ning transfer siyosati tufayli faoliyatini boshqa bir grand klubda davom ettirish imkoniyatiga ega.

“Arsenal” muntazam yangi talantlarni topib, ularga imkon berib keladi. Vilyam Salibaning “Real” va “Pari Sen-Jermen” kabi badavlat klublarning transfer ro‘yxatiga kiritilgani va bu jamoalarga ko‘chib o‘tish ehtimoli oshayotgani bois, “kanonirlar”ning markaziy himoyaga yangi nomzod qidirishiga turtki bo‘ldi.

20 yoshli Abduqodir Husanov “Lans”dagi yorqin va ishonchli o‘yinlari bilan ko‘pchilikda juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Belarus chempionatidan atigi 100 ming evro evaziga transfer qilingan o‘zbek legioneri lansliklarning asosiy himoyachisi Kevin Dansoning “Roma”ga transferi, Rimdagi tibbiy ko‘rikda avstriyalik futbolchining yuragida nuqson aniqlangani va keyinchalik bir oy davomida qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilingani ortidan boshlang‘ich tarkibda maydonga tusha boshladi.

Bu muddat ichida Husanov “Lans”ning eng ishonchli o‘yinchisiga aylanib ulgurdi. Bosh murabbiy Uill Still uning tezkorligi, baquvvatligi va universalligini alohida e’tirof etib, “jangovar mashina”, deya ta’rif berdi.

“Lans”ning Bris Samba, Anjelo Fuldjini kabi etakchi futbolchilari ham Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, juda katta salohiyatga ega ekani, kuchli va mukammal o‘yin namoyish qilayotgani, shu taqlid o‘ynashda davom etsa, katta klublarga o‘tib ketish imkoni oshib borishini alohida e’tirof etdi.

Evropa futbolida Vilyam Salibaning “Real” yoki PSJga o‘tishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Agar frantsiyalik himoyachi “Arsenal”ni tark etsa, undan qolgan bo‘shliqni Abduqodir Husanov bemalol to‘ldira oladi.

“Arsenal” Liga 1 himoyachilari imkoniyatlarini yaxshi biladi. Buni klub 2019-2020 yillarda  “Lill”dan braziliyalik Gabriel Magalyaes hamda  “Sent-Eten”dan Vilyam Salibani transfer qilganidan ham bilsa bo‘ladi. Endi ular bu strategiyani ayni paytda Frantsiya chempionatida eng yaxshi markaziy himoyachi bo‘lib turgan Abduqodir Husanov transferida qo‘llamoqchi.

Biroq “kanonirlar” Evropada yangi avlod vakili hisoblangan o‘zbek o‘yinchisi uchun kurashda “Everton” va “Nyukasl” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi, - deb yozdi Jastin Favr.

Darhaqiqat, ayrim manbalar Abduqodir Husanov “Lans”ni yanvar oyidayoq tark etishi mumkinligini yozmoqda. Biroq klub bosh direktori Per Dreossi hamyurtimiz mavsum oxirigacha o‘sishda davom etsa, yozgi transferlar vaqtida uning transferidan 30 million evro ishlab olishni ko‘zlayotgani haqida ham asosli ma’lumotlar bor.

Abduqodir Husanov atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz...

“Lans” Angliya grandlari kutayotgan Husanovni qanchaga baholayapti?

Yangi pozitsiyada raqibni titratgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

Rossiyada O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga ishonishyapti

O‘zbekiston himoyasini mustahkam ushlab turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholanyapti?

Husanov qachon grand klubga o‘tadi?

Husanov Evropada cho‘qqiga ko‘tarilyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!