“Real”ning taklifi Ramosni dovdiratib qo‘ydi

  • 6 noyabr, 2020, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” shartnomasi yakunlanayotgan Serxio Ramos bilan o‘zaro hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagan edi.

Tecno

Avvalroq, “Real” klubi o‘z an’anasiga ko‘ra, yoshi 30dan oshgan futbolchilarga bir yildan ortiq hamkorlik taklif qilmasligi aytilgandi. Jamoa sardori esa madridliklardan ikki yillik shartnoma kutayotgan edi.

Bu vaziyatni kuzatayotgan qator grand klublar Ramosga manfaatli shartnomalar taklif qila boshladi. Biroq, “Real” rahbariyatining qarori Serxio Ramosni dovdiratib qo‘ydi.

Florentino Peres ikki yillik bitim kutayotgan jamoa sardoriga 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma taklif qildi. Rahbariyat to‘purar himoyachining klub oldidagi xizmatlarini inobatga olib, o‘z an’anasini buzishga tayyorligini ko‘rsatdi.

Tomonlar ayni paytda shartnomaning so‘nggi detallarini muhokama qilayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!