"Real"ning sobiq xodimi Peresni tanqid qildi

  • 21 aprel, 17:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Tajribali murabbiy va "Real Madrid" rahbariyatida faoliyat yuritgan Arrigo Sakkining fikricha, Florentino Peres hujumchilarni sotib olishga haddan tashqari ko‘p e’tibor qaratadi.

- Men "Real"dagi vaziyatni yaxshi bilaman va Florentino Peres bilan ham tanishman. Sababi, klubda texnik direktor bo‘lib ishlaganman. U ajoyib prezident, biroq, hujumchilarga juda ortiqcha e’tibor qaratadi.

Tasavvur qiling, Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga uni ko‘ndirish uchun uch oy kurashishimga to‘g‘ri keldi, lekin u himoyachilarga umuman e’tibor bermaydi, - dedi Sakki "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!