"Real"ning sobiq futbolchisi O‘runovning jamoadoshiga aylanadi

  • 1 aprel, 2022, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Valensiya”ning rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishevning otasi Dmitriy Cherishev o‘g‘li Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishi mumkinligini aytdi.

Tecno

"Men Denisning "Spartak"ga kelishini xohlayman, u bu klub sharafini himoya qilishdan xursand bo‘lar edi. Biz bu haqda gaplashamiz.

Denis buni xohlaydimi? Menimcha ha", - dedi Dmitriy Cherishev Match TV ga bergan intervyusida.

31 yoshli Cherishevni "Spartak" tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin, chunki uning "Valensiya" bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum "ko‘rshapalaklar" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!