"Real"ning sobiq futbolchisi Meksikaga yo‘l oladi

  • 30 yanvar, 19:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos o‘z faoliyatini Meksikaning "Monterreya" klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Klub prezidenti Antonio Norega bu mavzu yuzasidan shunday izoh berdi:

- U bizning ro‘yxatimizda bor va asosiy nomzod hisoblanadi. Ha, boshqa nomzodlar bilan bo‘lgani kabi muzokaralar olib borilmoqda. Bizda jamoani kuchaytirish uchun bir nechta variant mavjud.

"Monterreya" bosh murabbiyi Martin Demichelis Ramos uning jamoasini kuchaytirishi mumkinligini ta’kidladi.

- Umid qilamanki, bu amalga oshadi. Bu Meksika ligasi va "Monterreya" uchun sharaf bo‘lardi. Transferning amalga oshishiga umid qilaman. Serxio kabi martaba, fe’l-atvor va nufuzga ega futbolchi jamoamizga qo‘shilishini juda xohlardim. Klub yana bir o‘yinchini jamoaga qo‘shish uchun astoydil harakat qilmoqda, - dedi jamoa ustozi.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli himoyachi 2024 yilning 1 iyul sanasida "Sevilya"ni tark etgan edi. Ramos o‘sha kundan buyon jamoasiz bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!