"Real"ning "Osasuna"ga qarshi bahsida Alaba o‘ynamaydi

  • 6 oktabr, 2023, 17:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning “Real” klubi ustozi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati doirasidagi “Osasuna”ga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi kadrlar holati haqida fikr bildirdi.

Alaba? U tuzalmagan va ertaga maydonga tushmaydi. Uning o‘rnini Mendi yoki Chuameni egallaydi. Kim o‘ynashini bilaman, bu o‘sha futbolchi uchun yangilik bo‘ladi.

Chuameni? Biz uni markaziy himoyachi sifatida sinab ko‘rdik. U juda yaxshi harakat qildi. Ammo markaziy himoyada o‘ynashga odatlangan Mendi ham bor", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Real Madrid" - "Osasuna" uchrashuvi 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!