"Real"ning "Leganes"ga qaydnomasidan 19 futbolchi o‘rin oldi (Foto)

  • 30 oktabr, 2019, 14:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan "Real" - "Leganes" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv uchun "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 19 futbolchidan iborat qaydnomani e’lon qildi.

Tecno

Quyida "Real"ning "Leganes"ga qarshi jalb etilgan futbolchilaridan iborat ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

EIDinv8WwAARjWO

"Real" yarim himoyachilari Garet Beyl va Xames Rodriges "Leganes"ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi. Beyl shaxsiy muammolari tufayli Londonga ketgan. U terma jamoa ixtiyorida olgan jarohatini tuzatish bilan mashg‘ul. Xames esa Kolumbiyada bo‘lib turibdi. Sababi u farzandli bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Real" - "Leganes" qarama-qarshiligi Toshkent vaqti bilan bugun tunda 01:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!