
"Real"ning ikki yulduzi bir-biri bilan tortishib qoldi
Yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan birida Madridning “Real” klubida Antonio Ryudiger va Jud Bellingem o‘rtasida mojaro yuz berdi.
Jurnalist Edu Agirrening xabar berishicha, juma kungi mashg‘ulot davomida germaniyalik markaziy himoyachi va ingliz yarim himoyachisi og‘zaki tortishuvga kirishishgan. Biroq manbaga ko‘ra, bahs tez orada hal etilgan – futbolchilar bir-biriga qo‘l berib, yarashib olishgan.
Yakshanba kuni Ryudiger va Bellingem “Real”ga La Liga doirasidagi “Alaves”ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishda yordam berishdi. Ryudiger asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘yinni to‘liq o‘tkazdi, Bellingem esa 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
16 aprel kuni “Real” Chempionlar ligasi chorak finalining javob bahsida “Arsenal”ga qarshi o‘ynaydi. Birinchi uchrashuv “kanonirlar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Fikrlar
жа катта иш бубдию...
хабарларингга ...