
“Real”ning eng katta muammosi aytildi
Futbolchilik faoliyati davomida Italiyaning “Inter” va Ispaniyaning “Real” klublarida o‘ynagan niderlandiyalik mohir yarim himoyachi Uesli Sneyder “Qirollik klubi”da yulduzlar to‘planib qolgani haqida gapirdi.
Sobiq futbolchi “Mbappe, Vinisius, Rodrigo, Bellingem va boshqa yulduzlar jamlangani “Real” uchun muammo emasmi?”, degan savolga quyidagicha javob berdi.
- Agar ularni nazoratda ushlab turilmasa, muammo kelib chiqishi ehtimoli katta. Katta o‘yinchilarga intizom va nazorat kerak. Agar ularning bari jamoa uchun o‘ynasa, muammo chiqmaydi. Hammasi klubdagi tizim va bosh murabbiyga bog‘liq bo‘ladi, - dedi Uesli Sneyder.
“Real”ni tajribali mutaxassis Karlo Anchelottidan keyin yangi avlod murabbiylaridan hisoblangan Xabi Alonso qabul qilib oldi. Ispaniyalik yosh murabbiy qo‘l ostida madridliklar o‘zlari ishtirok etadigan barcha musobaqalarda bosh sovrin uchun kurashishi kutilmoqda.
Fikrlar