
"Real"ning derbidagi g‘alabasi tarixga kirdi!
Seshanba oqshomida "Real" o‘z maydonida "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi 1/16 bosqichining birinchi uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu g‘alaba "Real" uchun Chempionlar Ligasi va Evropa chempionlari kubogi tarixidagi 300-g‘alaba bo‘ldi. Bunda saralash bosqichi uchrashuvlari hisobga olinmagan.
"Real" ushbu musobaqalarda 300 ta g‘alabaga erishgan tarixdagi birinchi klub bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" joylashgan, biroq Myunxen klubi ancha orqada – ularda 237 g‘alaba bor.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Evropaning bosh sovrini – Chempionlar Ligasi kubogini 15 marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar