“Real”ning ayrim o‘yinchilariga Xabi Alonso yoqmadi

  • 28 may, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ga Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinladi. Biroq bu holat jamoaning ayrim o‘yinchilariga ma’qul kelgani yo‘q.

Tecno

Footmercato nashrining yozishicha, futbolchilar orasida Xabi Alonso qo‘llaydigan uch himoyachili uslubga moslashishni istamayotganlari ko‘payib bormoqda. 43 shli mutaxassis asosan 3-4-3 va 3-4-2-1 o‘yin sxemalarini targ‘ib qiladi.

“Real” vakillari esa, shu paytga qadar to‘rt himoyachi bilan o‘ynab keladi.

Bundan tashqari, aksariyat futbolchilarga Xabi Alonso jamoaning eng tajribali o‘yinchisi 39yoshli  Luka Modrichni jamoada olib qololmagani ma’qul kelmagan. Shuningdek, jamoa sardorlaridan 33 yoshli Lukas Vaskes ham klubdan ketadigan bo‘lyapti.

“Real” futbolchilariga Xabi Alonso yoshi katta o‘yinchilardan voz kechayotgani yoqmayotgani aytilmoqda. Yangi bosh murabbiyning o‘zi esa, yosh va kurashuvchan jamoa shakllantirib, yuqori maqsadlar uchun kurashishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!