"Real"ning "Atletiko"ga qarshi bahs uchun qaydnomasida Beyl va Azar bormi?

  • 31 yanvar, 2020, 22:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Real" va "Atletiko" qarama-qarshiligi uchun Zinedin Zidan ro‘yxatga kiritgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan Garet Beyl va Eden Azar navbatdagi uchrashuvning qaydnomasidan joy olmadi.

Shu qatorda, Nacho Fernandes, Rodrigo va Braim Dias ham Madrid derbisida qatnashmaydi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing!

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya va Diego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo va Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges va Isko.

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich va Vinisius Junior.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!