“Real”ni yutish joningizga tegmadimi, janob Laporta?
Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida La Liganing eng muhim uchrashuvi o‘tkaziladi. “El-klasiko”da mamlakatning amaldagi chempioni “Barselona” Madridda joriy mavsum peshqadami “Real” mehmoni bo‘ladi.
Kataloniya super klubi xo‘jayini bo‘lajak uchrashuv oldidan Mundo Deportivo nashri jurnalistlarining “Jamoangiz “Real”ni yutishini tomosha qilaverish joningizga tegmadimi?”, degan savolga javob berdi.
- Yo‘q , meni buni kuzatishdan hech qachon charchamayman. “Barselona”ning g‘alabalarini kuzatish biz va muxlislarimiz uchun sport musobaqalari chegarasidan tashqariga chiqadigan hissiyotdir. Bu to‘qnashuv raqobatning maksimal darajada ekani bilan izohlanadi. Bu ajoyib holat, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ispan futbolining grandlari o‘zaro to‘rt marotaba to‘qnash keldi. Barcha uchrashuvlar kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Barselona” futbolchilari o‘tgan mavsumdagi to‘rtta o‘yinda umumiy hisobda madridliklarga 16 ta gol urib, o‘z darvozasidan ettita to‘p o‘tkazib yuborgan.



Fikrlar