
“Real”ni qabul qilib, uni olamshumul g‘alabalarga boshlaydigan murabbiy topildi
“Bayer”ni tarixda ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonso tez orada “Real”ni qabul qilib olib, o‘zining boshqalarga o‘xshamaydigan loyihasini amalga oshirmoqchi.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis “Real”ni boshqarish uchun ushbu mavsumdan keyini “Bayer”dan ketishga tayyor.
Xabi Alonso “Bayer”ni 2022 yili qabul qilib olgan edi. Ispaniyalik mutaxassis qisqa muddatda yuqori darajada muvaffaqiyatli ishlay olishini ko‘rsatdi. Alonso futbolchilik faoliyati davomida “Real Sosedad”, “Eybar”, “Real Madrid”, “Liverpul” va “Bavariya”da o‘ynagan.
Murabbiylik faoliyatini “Real”da o‘smirlar jamoasini shug‘ullantirishdan boshlagan. Keyin ma’lum muddat “Real Sosedad”ning ikkinchi jamoasi o‘yinchilariga ustozlik qildi. Uning “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar