“Real”ni borib “yanchib” kelamiz!
26 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida chempionlikni talashayotgan ikki jamoa – “Barselona” va “Real” o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv “Real” maydoni “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladi.
Amaldagi chempion – “Barselona”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernal “Real” muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynashdan cho‘chimasligini va jamoasi Madridga g‘alaba uchun borigini ta’kidladi.
- Biz “Real”dan qo‘rqmaymiz va “Bernabeu”ga g‘alaba uchun boramiz, - dedi Mark Bernal Barca Universal vakillariga bergan intervyusida.
To‘qqiz turdan keyin La Ligada “Real” futbolchilari 24 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar esa, madridliklardan ikki ochkoga ortda qolgan holda ularni ta’qib qilyapti.
Joriy mavsumda Mark Bernal barcha turnirlarda to‘rt marotaba maydonga tushib, jamoadoshlariga Transfermarkt portali tomonidan 10 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar