
"Real"ni 11 ta final kutmoqda
“Real” Madrid vingeri Lukas Vaskes jamoasining La Ligada chempionlik uchun kurasha olishiga ishonmoqda.
“Mashg‘ulotlar boshlanganidan judayam xursandmiz. Futbol bir nechta narsalardan iborat, ulardan asosiylari bu jismoniy tayyorgarlik va aqliy faollik. Agar biz har tomonlama tayyor bo‘lsak, mavsumni muvaffaqiyatli davom ettira olamiz. “Eybar” bizning biz uchun dastlabki sinov bo‘ladi, oldinda bizni 11 ta final kutmoqda. Umid qilamanki, biz har bir o‘yinda g‘alaba qozona olamiz va chempionlikni qo‘lga kiritamiz”, - deydi Vaskes.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida peshqadam “Barselona”dan 2 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar