“Real”ga sig‘may qolgan yulduzga yangi jamoa chiqdi

  • 7 iyul, 2021, 13:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati “Real” pleymeykeri Iskoni transfer qilishni istamoqda.

Tecno

Milanliklar bu futbolchini klubni tark etgan Hakan Chalxano‘g‘lining o‘rnini bosishiga ishonmoqda. Ayni paytda “Milan” madridliklarga transfer bo‘yicha taklif tayyorlayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Karlo Anchelotti ijarada yurgan Martin Edegorni “Real”ga qaytaradi va unga asosiy tarkibdan joy beradi. Bu  Isko o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligidan dalolat beradi.

“Real” Iskoning transferini 20 million evroga baholamoqda. Bu futbolchi o‘tgan mavsumda primerada 25 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning aksariyatida zaxiradan maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!