“Real”ga Rodrigoning “qilig‘i” yoqmadi, undan voz kechishadi

  • 12 iyun, 2024, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigo Goes bilan xayrlashishga qaror qildi.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlariga Rodrigoning Chempionlar ligasi finalidan oldin “Manchester Siti” dunyoning eng yaxshi klubi ekanini ta’kidlagani yoqmagan.

Rahbariyat 23 yoshli futbolchining bu e’tirofini hazm qila olmayapti va yozda o‘yinchini transferga qo‘ymoqchi.

“Real” vakillari Rodriga bu gaplarni bekorga aytmaganini ta’kidlamoqda. Ular braziliyalik hujumchi boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirganidan keyin “Manchester Siti”ni maqtay boshlaganiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Rodrigoni 150 million evro tikadigan klubga sotib yuborishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!