"Real"ga qarshi o‘ynaydigan Ramos bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 13 dekabr, 2021, 22:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida sobiq jamoasi hisoblangan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Taqdirni oldindan aytib bo‘lmaydi, men raqiblar ichida boshqa jamoa bo‘lishini istardim.

Men Madridga juda bog‘lanib qolganman, lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Jamoam g‘alaba qozonishi uchun bor kuchimni ishga solaman. Bu Bernabeuga o‘zgacha qaytish bo‘ladi”, - dedi Ramos.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha "Real"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!