
“Real” o‘ta qimmat futbolchini chaqiryapti
“Real” rahbariyati o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal o‘rniga boshqa o‘yinchi olishga qaror qilgan. Karvaxalning tezligi o‘ng qanotda ustunlikni ta’minlashga etmayapti.
Madridliklar bu pozitsiyasiga asosiy nishon sifatida “Chelsi” vakili Ris Jeymsni tanladi. Mahoratli futbolchi yaqinda “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirgan edi.
Jeymsning transfer narxi 120 million funtdan qimmat turadi. Shunga qaramay, Florentino Peres xarajatdan qochmoqchi emas.
“Chelsi” kelasi mavsum Chempionlar ligasidan quruq qolishi mumkin. Madridliklar aynan mana shu omil Jeymsni jahonning eng sovrini ko‘p jamoasiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lishini ta’kinlaydi, deb hisoblamoqda.
Fikrlar