
“Real”ga Mbappe ham, Xoland ham kerakmas. Ular 20 millionga zo‘r to‘purar topdi!
“Real” rahbariyati yaqin kelajakda Karim Benzema o‘rnini egallaydigan hujumchi qidirmoqda. Madridlik nishonida bir necha yuqori saviyali to‘purarlar bor.
Ayniqsa, “Qirollik klubi” PSJdan Kilian Mbappeni, “Manchester Siti”dan Erling Xolandni transfer qilishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘p tarqatilyapti.
Madridliklar bu yulduzlar uchun 200 million evro atrofida xarajat qilishi talab etiladi. Lekin “Real” ularning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan arzon variant tanladi. Ular “Ayaks” safida o‘zini ko‘rsatayotgan Muhammad Quddusni olib kelmoqchi.
Gana terma jamoasi safida jahon chempionatida porlagan 22 yoshli to‘purar grand klublar e’tiborini qozongan. Iste’dodli futbolchi 20 milliln evroga baholanmoqda.
Ispaniyaliklar bu transferni yozda amalga oshirishni rejalashtiryapti.
Fikrlar