
“Real”ga ketaver!
“Liverpul”ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold “Real”ning asosiy transfer nishoni hisoblanadi.
“Qizillar” o‘z tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokara o‘tkazmoqda, lekin hali Trent qolishga rozilik bergani yo‘q.
Liverpulliklar “Real”ga o‘tib ketishi kutilayotgan qanot himoyachisiga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Bir necha manbalarga ko‘ra, ular “Selta” vakili Oskar Mingesani “Angliya Premer-ligasiga olib kelmoqchi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Mingesaning transfer summasi 12 million evroga baholanmoqda. Uning vigoliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Ekspertlar Ispaniya chempionatining o‘rtamiyona jamoasida o‘ynagan futbolchi Angliyaning grand klubi taklifini rad etmasligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar