“Real”ga kelguncha mashhur edim...

  • 27 sentabr, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Frantsiyaning “Renn” klubida o‘ynab yurgan kezlari juda mashhur bo‘lganini esga oldi. Frantsiyalik futbolchi o‘tgan yili yozda madridliklar taklifini qabul qilib, Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgandi.

Tecno

“Renn”da mashhur futbolchi edim, lekin “Real”ga o‘tganimdan keyin hammasi o‘zgardi. Shunga qaramay, men har ikki klubni bir biriga taqqoslay olmayman. Ular umuman boshqa dunyo.

Boshqa mamlakatga kelganimdan keyin odamlar meni tanimasligi tabiiy hol, - dedi Eduardo Kamavinga.

19 yoshli futbolchi faoliyati davomida jami 137 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va ettita assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!