
"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!
O‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoasida o‘tkazgan Jasurbek Yaxshiboev Eron chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "khabarvarzeshi" nashri xabar bermoqda.
"Nassaji Mozandaron" klubi o‘zbekistonlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Yaxshiboev O‘zbekistonning "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalarida to‘p surgan va jamoa bosh murabbiyi Savo Miloshevich maslahati bilan "Nassaji"ga o‘tgan.
U Moldovaning "Sherif" jamoasi tarkibida "Real" darvozasiga urgan goli bilan mashhur", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Yaxshiboev ayni damda jamoasiz bo‘lib turibdi. 27 yoshli futbolchining narxi 700 ming evroga baholanmoqda.
Fikrlar