“Real”ga futbolchining narxini aytishdi

  • 23 oktabr, 2023, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” qanotlarni kuchaytirish maqsadida “Chelsi”dan Ris Jeymsni va “Bavariya”dan Alfonso Devisni olishni rejalashtirayotgan edi.

Tecno

Myunxenliklar o‘z futbolchisi transferi uchun qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi. Sport Bild nashrining yozishicha, Bunesliga chempioni himoyachini 50 million evroga baholamoqda.

Madridliklar Devisni 40 million evroga transfer qilmoqchi bo‘layotgan edi. Biroq “Bavariya” mutasaddilari 50 million evrodan pas narxga o‘yinchini qo‘yib yubormasligini ta’kidlamoqda.

Alfonso Devis “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, chap qanotda Ferlan Mendining o‘rnini egallaydi. Madrid klubi rahbariyati Mendi barqaror o‘ynay olmayotganidan xavotirda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!