“Real”dan ketsam, futbol bilan xayrlashaman!

  • 7 yanvar, 2024, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Real”ni 2021 yildan beri boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti madridliklar bilan hamkorligini yana ikki mavsumga uzaytirdi.

Tecno

64 yoshli italiyalik mutaxassis “Real” uning professional murabbiylik faoliyatidagi oxirgi klub bo‘lishini aytdi.

- “Real” mening oxirgi ish joyim bo‘ladi. Ishim qachon tugashini bilmayman. Agar muvaffaqiyatga erishsak, men 2026 yildan keyin ham qolishim mumkin.

Shuningdek, bu sana mening murabbiylik faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lish e’timoli ham bor.

Menga murabbiylik qilish yoqadi. O‘zim 2027-2028 yillarda ham jamoani boshqarishni istayman. Madridni yoqtiraman va shu erda qolmoqchiman, - dedi Karlo Anchelotti.

Tajribali mutaxassis qo‘l ostida “Real” futbolchilari Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogiga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!