
“Real”dan “katta ish” kutmang!
“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishi haqida ko‘p xabar tarqatilmoqda.
Xususan, zamonaviy futbolning eng qimmatbaha o‘yinchilari – Kilian Mbappe, Erling Xoland, Jud Bellingemning Madridga ko‘chib o‘tishi mumkinligini juda ko‘p tilga olinmoqda.
Marca nashri “Qirollik klubi”ning yozgi rejalari haqida ma’lumot tarqatdi. Nufuzli nashrning yozishicha, madridliklar mavsumlar oralig‘ida katta transferlarni amalga oshirmaydi.
Shuningdek, Evropa nashrlari klub mutasaddilari Karlo Anchelottining o‘rni yangi bosh murabbiy qidirayotganini yozmoqda. Biroq hali bu masala ham oxirigacha echilmagan. Italiyalik mutaxassis shartnomasining oxirgi kuni – 2024 yilning 30 iyunigacha Madridda qolishni istamoqda.
Fikrlar