“Real”dan haydamanglar, jahon chempionatini “yondiraman”!

  • 1 iyun, 10:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning universal hujumchisi Rodrigo Goesning jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso braziliyalik futbolchiga o‘yin amaliyoti berishni kafolatlagani yo‘q.

Tecno

Klub rahbariyati esa, ikkinchi planga o‘tib qolayotgan Rodrigoni 100 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib yubormoqchi. Darhaqiqat, bu futbolchiga bir qaror grand klublar xaridor bo‘lyapti.

Rodrigoning o‘zi esa, Madriddan ketmoqchi emas.

Marca nashrining yozishicha, Rodrigo klub rahbariyatiga klubdan qolishini aytdi. Klub xo‘jayinlari agar Madridda qolishni istasa, 24 yoshli futbolchi o‘yin darajasini ko‘tarishi kerakligini uqtirmoqda.

Rodrigoga 15 iyundan start oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida imkon beradigan bo‘lishdi. Agar u nufuzli turnirda o‘zini ko‘rsata olsa, “Real”da qolishiga ruxsat beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!