“Real”dan bizga o‘t, 120 million evro maosh olasan!
“Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish variantiga ega.
O‘tgan yozda saudiyaliklar Diasga qiziqish bildirgan edilar va endi ular taklifni yaxshilashga tayyor.
OK Diario nashrining yozishicha, Diasga to‘rt mavsum davomida umumiy 120 million evro maosh taklif qilindi. Agar futbolchi shartnomani qabul qilsa, har mavsu uchun 30 million evrodan mablag‘ oladi.
Ta’kidlanishicha, Braim Dias o‘z kelajagi haqidagi qarorni faqat jahon chempionatidan keyin qabul qiladi. “Real” futbolchini saqlab qolishni istaydi, ammo u kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani bu qarorga ta’sir qilishi mumkin.
2025-2026 yilgi mavsumda Dias 16 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo maydonda jami 454 daqiqa o‘tkazgan.



Fikrlar