“Real”da ziddiyat: Etakchilar Anchelotti ustidan rahbarga shikoyat qildi

  • 18 aprel, 10:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti atrofidagi vaziyat keskinlashib bormoqda. Bu jamoaning Evropa Chempionlar ligasi chorak finalidagi natijalaridan keyin yuzaga keldi.

Tecno

Ma’lumki, madridliklar bu bosqichda “Arsenal”ga to‘qnash kelib, har ikki uchrashuvda (0:3, 1:2) hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Relevo nashrining yozishicha, mag‘lubiyatlardan keyin “Real” o‘yinchilarining bosh murabbiy Karlo Anchelottiga ishonchi tamoman so‘ndi. O‘yinchilar “Arsenal”ni to‘xtatish uchun hech narsa o‘ylab topa olmaganidan norozi. Italiyalik mutaxassis uchrashuv oldidan o‘z shogirdlariga faqat “o‘z kuchlaringga ishoninglar”, deyishdan boshqa gap ayta olmagan.

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoa etakchilari Anchelottining “kanonirlar” bilan bo‘lgan o‘yinga yondashuvidan shikoyat qilishganini aytib o‘tdi. “Real”dagi garchi Anchelottini qattiq hurmat qilsa-da, u qo‘llayotgan futbol eskirgan, deb hisoblashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!