“Real”da yo‘qotish bo‘ladi

  • 3 iyul, 2024, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” murabbiylar shtabi mavsum davomida hamma o‘yinchilarga ham etarli darajada o‘yin amaliyoti ajratib bera olmayapti.

Tecno

Jamoaning argentinalik hujumkor futbolchisi Nikolas Pas ham o‘ziga berilayotgan vaqtdan qoniqayotgani yo‘q.

Jurnalist Xose Felish Diasning ta’kidlashicha, 19 yoshli futbolchi shu sababdan jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan. Pas kelasi mavsum vaziyat o‘zgarishiga ishonmayapti.

Yakunlangan mavsumda Nikolas “Real”ning asosiy tarkibida atigi sakkiz marotaba maydonga tushdi va bitta gol urishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Transfermarkt portali iste’dodli futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!