
"Real"da "yangi Azar" paydo bo‘ldimi yoxud Gyuler yana safdan chiqdi!
Yozda "Real" tarkibiga kelib qo‘shilgan Arda Gyuler jarohatlardan boshi chiqmay qoldi. Futbolchi yana safdan chiqqani ma’lum bo‘lmoqda. Bu haqda Karlo Anchelotti matbuot anjumanida gapirdi:
"Arda "Braga"ga qarshi o‘yin oldidan kichik jarohat olgan. Ammo bu tashvishli emas", - dedi italiyalik mutaxassis.
"The Athletic" nashri esa Ardani 1 oy davomida maydonga tusha olmasligini ta’kidlamoqda. U jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Gyuler "Braga" bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda debyutini amalga oshirishi kutilgan, lekin Karlo uni hali 100 foiz tayyor emasligini aytgandi.
Fikrlar