
"Real"da yana bir jiddiy yo‘qotish. Vinisius uchun joriy yil yakuniga etdi
Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorning Kolumbiyaga qarshi bahsda jarohat olgani haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, u kamida 2 oy maydonga tusha olmaydi.
Tiklanishga qarab, futbolchining jarohati yanada kechikishi mumkin. U Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Bugun yosh iste’dod sohibi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, son qismidagi suyaklar shikastlanishi tashxisi qo‘yildi.
Avvalroq, "Real" vakili va hozirda jamoa etakchisiga aylanib borayotgan Jud Bellingem ham Angliya terma jamoasi tarkibida jarohat orttirib olgandi. Biroq u Vinidan ko‘ra ertaroq klub mashg‘ulotlariga kirishadi.
Fikrlar