
"Real"da o‘zini ko‘rsata olmayotgan futbolchiga Bunesliga grandi xaridor
"Bayer" Arda Gyulerga qiziqish bildirmoqda.
Nemis klubi yarim himoyachiga "Real"ga o‘tishidan oldin ham qiziqish bildirgan va futbolchini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda, deya xabar beradi "Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberg.
Madrid klubi qishki transfer oynasida xavbekni qo‘yib yuborish niyatida emaas. Biroq Gyuler muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa, leverkuzenliklar taklif bilan chiqishga tayyor.
La Liga joriy mavsumida Arda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar