“Real”da o‘ynab yurganimdayoq “Barselona”ni yaxshi ko‘rardim!
“Real”ning italiyalik sobiq hujumchisi Antonio Kassano madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona” muxlisi ekanini tan oldi.
- Men “Real”da o‘ynaganman, lekin “Barselona”da to‘p tepish imkonim umuman bo‘lmagan. Shunga qaramay, men “Barsa”ni yaxshi ko‘raman va bu tuyg‘u hali ham bor.
Men “Barselona”ning o‘yin uslubi aqldan ozdiradi. Kataloniyaliklar faqat g‘alaba haqida emas, balki o‘yindan lazzat olishni ham o‘ylaydi. To‘pni ushlab turish va hujumga o‘ynash usuli zo‘r.
Boshqa hech qaysi jamoa ulardek o‘ynay olmaydi. “Barselona” futbolchilari hech kimdan qo‘rqmay to‘p tepadi, juda mardonavor o‘ynaydi, - dedi Antonio Kassano.
Italiyalik hujumchi 2006-2008 yillar davomida “Qirollik klubi”da faoliyat olib borgan. Bu muddat ichida barcha turnirlarda 29 marta maydonga tushib, to‘rtta gol urgan xolos.



Fikrlar