
“Real”da mendan zo‘rlari bor
“Real” hujumkor futbolchisi Eden Azar Madridga kechib o‘tganidan beri harchand urinmasin asosiy tarkibdan o‘ziga joy ajrata olmadi.
O‘z davrida “Chelsi”ning eng yorqin yulduzi bo‘lgan belgiyalik futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida atigi 98 daqiqa o‘ynadi xolos.
- Menga o‘yin vaqti etishmayapti. Lekin o‘z navbatida “Real”da mendan kuchli bo‘lgan futbolchilar borligini tushunib turibman. Men ularni inkor etolmayman, - dedi Eden Azar.
Karlo Anchelotti belgiyalik futbolchiga bir necha bor ishonch bildirishini aytgandi. Lekin Eden o‘ziga bildirilgan imkoniyatlardan foydalana olgani yo‘q
Fikrlar