“Real”da katta o‘zgarish kutilmoqda

  • 28 sentabr, 2022, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan tarkibda o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ispan matubotining yozishicha, “Real”ning bir necha o‘yinchisida mavsum oxirida shartnoma yakunlanadi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari bu o‘yinchilarning to‘rttasi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Unga ko‘ra, madridliklar yozda Marko Asensio va Mariano Dias bilan xayrlashadi.

Toni Kroos va Karim Benzemaga yangi shartnoma taklif qilinadi. Bu ikki yulduz jamoadagi kelajagini o‘zi hal qiladi.

Shuningdek, himoyachi Nacho Fernandesga hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish taklifi bildirilishi mumkin. Yarim himoyachi Dani Sebalosning klubdagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!