“Real”da inqiroz: Olti yulduz Alonsoga qarshi, besh nafari murabbiy tomonda

  • 29 noyabr, 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da ichki muhit sog‘lom emas va bu jamoa natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan xavotirli vaziyatni keltirib chiqarmoqda.

Tecno

El Partidazo de COPE dasturida Madrid jamoasining bosh murabbiyi Xabi Alonsodan norozi bo‘layotgan olti nafar futbolchisi nomini oshkor etildi.

Norozilar ro‘yxatiga Federiko Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo, Braim Dias, Endrik va Ferlan Mendi kiritilgan.

Qayd etilishicha, bu ro‘yxatga Eduardo Kamavinga ham qo‘shilishi mumkin, ammo  frantsiyalik futbolchi bo‘yicha shubhalar bor, shuning uchun bu aniq emas.

Shu bilan birga, “Real”ning besh nafar top-futbolchisi bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlayapti Bular asosan yangi o‘yinchilar va ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida ishlari yurishayotgan o‘yinchilardir. Bu ro‘yxatda Din Xyoysen, Alvaro Karreras, Tibo Kurtua, Arda Gyuler va Kilian Mbappening nomi ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!