
“Real”da chempion bo‘lgan yulduz futboldan ketdi
“Real”ning mashhur tarbiyalanuvchilaridan Xose Kalexon 38 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Taniqli hujumchining oxirgi jamoasi “Marbelya” bo‘lib qoladi. Ushbu klub rasmiy sayti orqali Kalexon butsalarini mixga ilishi haqida xabar tarqatdi.
Kalexon 2005-2008 yillar davomida “Real” akademiyasi va yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik klub uni “Espanol”ga transfer qildi.
2011 yili “Qirollik klubi” o‘zi tayyorlagan o‘yinchini qayta sotib oldi va ikki yil asosiy jamoada o‘ynatdi. Keyinchalik Kalexon Italiyaga yo‘l oldi va “Napoli” safiga qo‘shildi.
Universal hujumchi faoliyati davomida “Fiorentina” va “Granada” safida ham to‘p tepdi. Xose klublar miqyosida jami 737 ta uchrashuvda qatnashib, 152 ta gol va 125 ta assist muallifi bo‘ldi.
Xose Kalexon Ispaniya terma jamoasi safida besh marotaba maydonga tushgan, biro o‘z nomiga samarali harakatlar yozdirib qo‘ya olmagan.
Fikrlar