"Real"da atmosferani barqarorlashtirish ishlari olib borilmoqda

  • 28 noyabr, 03:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchilari jamoa ichidagi muhitni yaxshilash ustida ishlayapti.

Tecno

Avvalroq Xabi Alonso va uning shtabi futbolchilar bilan muloqotda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Vinisius Junior murabbiy bilan munosabatlar og‘irlashgani uchun shartnomani uzaytirishni istamasligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

"As" nashriga ko‘ra, so‘nggi bir necha kunda "Real"ning uchrashuvlari, muloqotlari va kiyinish xonasidagi suhbatlar tufayli jamoa ichidagi vaziyat sezilarli ravishda yaxshi tomonga o‘zgargan.

Futbolchilar natijalar uchun eng katta mas’uliyat aynan o‘zlarida ekanini anglab etgan va jamoa sifatida harakat qilishlari kerakligini tushunishgan. Shu bilan birga, bosh murabbiy bilan munosabatlarni tiklash zarurligini ham o‘zlari qabul qilishgan. Alonso esa o‘yinchilarga yaqin turish orqali ularning qo‘llab-quvvatloviga erishish mumkinligini chuqurroq anglagan.

Chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasining 5-turida "Olimpiakos"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. 30 noyabr kuni jamoa La Ligada "Jirona"ga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!