"Real" — "Selta" uchrashuvida futbolchilarning hakamga aytgan gaplari ma’lum bo‘ldi

  • 9 dekabr, 15:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 15-turida "Real Madrid" o‘z uyida "Selta"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv davomida bosh hakam Aleksandro Kintero mezbonlar safidan Fran Garsia va Alvaro Karrerasni maydondan chiqarib yubordi.

Shuningdek, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo va Dani Karvaxal ham hakam bilan tortishuvga kirishdi. Quyida ular o‘rtasidagi suhbatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

O‘yin yakunlanganidan so‘ng sariq kartochka olgan Bellingem to‘rtinchi hakamga murojaat qilib, quyidagilarni aytdi:

"Sen ahmoqsan."

Rodrigo esa Karrerasning chetlatilishidan so‘ng "Santyago Bernabeu" maydoni va "Real" emblemasiga ishora qilib bosh hakamga shunday dedi:

"Siz turgan joyingizga hurmat bilan yondashing. Hurmat ko‘rsating." Bu so‘zlari uchun braziliyalik futbolchi sariq kartochka oldi.

Karrerasning chetlatilishidan ranjigan Vinisius esa hakamga shunday murojaat qildi:

"Yana ko‘proq qizil kartochka ko‘rsating." Shundan so‘ng Endrik ham maydondan chetlatildi.

Dani Karvaxalning Kinteroga aytgan so‘zlari esa o‘yin protokolida qayd etilgan:

"Mana sizlarning darajangiz. Keyin matbuot anjumanida yig‘lab o‘tirasizlar."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!