“Real” yuz o‘girgan Serxio Ramosni eng badavlat klub o‘ynatadigan bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori Serxio Ramos yozda “Sevilya” bilan shartnomasi yakunlanganidan beri ish qidiryapti.

Tecno

38 yoshli futbolchi o‘ziga yangi jamoa so‘rab, Evropa, AQSh, Meksika, Argentina, Misr jamoalari bilan muzokara olib bordi. Qadrdon jamoasi “Real”dan ish so‘radi. Biroq muzokaralar ijobiy natija bergani yo‘q. Madridliklar ham sobiq sardordan yuz o‘girdi.

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, tajribali himoyachi Angliya Premer-ligasida faoliyat yuritish imkoniga ega bo‘lmoqda. “Nyukasl” himoya chizig‘ini Ramos yordamida kuchaytirmoqchi.

Manbaga ko‘ra, “qarg‘alar” ispan o‘yinchisiga bir yarim yillik shartnoma va bu muddat uchun 10 million evroga yaqin maosh taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” Saudiya Arabistoni investitsiya fondi qaramog‘iga o‘tganidan keyin Angliyaning eng badavlat klubiga aylangan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!