“Real” yulduzlari Anchelotti o‘rniga qaysi murabbiyni kutayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 5 may, 10:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti may oyi oxirida jamoa boshqaruvidan ketishini e’lon qilishi kutilmoqda. 65 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan edi.

Tecno

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlashga rozilik bergan.

AS nashrining yozishicha, “Real” o‘yinchilari jamoaning keyingi bosh murabbiyi Xabi Alonso bo‘lishiga ishonmoqda. Ayni paytda “Bayer”ga ustozlik qilayotgan ispaniyalik mutaxassisning leverkuzenliklar bilan yana bir yillik bitimi bor.

O‘z navbatida, “Bayer” rahbariyati o‘tgan mavsum jamoani klub tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonsoning yo‘lini to‘smoqchi emas. Bundesliga chempionlari bu murabbiy o‘rniga “Real Sosedad”ni boshqarayotgan Imanl Alguasilni olib kelish bo‘yicha ish boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!