“Real” yulduzi Yamalni “razbor”ga chaqirdi
Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida La Liganing markaziy uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda “Real” futbolchilari “Santyago Bernabeu”da amaldagi chempion “Barselona”ni qabul qiladi.
Ushbu to‘qnashuv oldidan madridliklar sardori Daniel Karvaxal raqib jamoa etakchisi Lamin Yamal bilan ayrim masalalarda gaplashib olishini bildirdi.
“Barsa”ning 18 yoshli o‘yinchisi avvalroq fikr bildirib, “Real”ni g‘irromlik va ko‘p e’tiroz bildirishda ayblagan edi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Karvaxal o‘zaro uchrashuvdan keyin Lamin Yamal bilan alohida uchrashib, munosabatlarga oydinlik kiritib olmoqchi.
Manbaga ko‘ra, “Real” futbolchilari Yamalning ommaviy tarzda aytayotgan turli gaplari ikki jamoa o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyatlarga sabab bo‘lishi va bu holat ular birga o‘ynaydigan Ispaniya terma jamoasi manfaatlariga salbiy ta’sir o‘tkazishini uqtirmoqda.



Fikrlar